LexLab LegalTech Hackathon 2026: «Murojaat navigatori»
Fuqarolarning murojaatlarini vakolatli davlat organiga to'g'ri yo'naltiruvchi raqamli yordamchi yarating.
Fuqarolar davlat organlariga murojaat yuborishda qaysi davlat organi vakolatli ekanini, qanday hujjatlar ilova qilinishi, murojaat qancha muddatda ko'rib chiqilishi va masala qaysi qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinishini har doim ham aniq bilmaydi.
Ishtirokchilar «Murojaat navigatori» raqamli yordamchisining prototipi yoki MVPsini ishlab chiqadi. Yechim murojaat mazmunini tahlil qilishi, mavzu va toifani aniqlashi, vakolatli davlat organini tavsiya qilishi, zarur hujjatlar ro'yxatini, ko'rib chiqish muddati va huquqiy asosni ko'rsatishi hamda foydalanuvchiga sodda tilda tushuntirish berishi kerak.
Topshiriladigan natijalar: ishlaydigan prototip yoki MVP, 3 daqiqalik mahsulot namoyishi, yechim arxitekturasining qisqa tavsifi, foydalanilgan ma'lumotlar va normativ manbalar ro'yxati, shaxsga doir ma'lumotlar va sun'iy intellekt xavflari bo'yicha izoh, mahsulotni keyingi rivojlantirish rejasi.
Ariza tashqi platformada topshiriladi
Siz ariza topshirish uchun tashqi platformaga yo'naltirilasiz. Ariza LexLab saytida emas, tanlov e'lonida ko'rsatilgan GovChallenge platformasida qabul qilinadi.
GovChallenge orqali ariza topshirish ↗Tanlov ma'lumotlari
- Tanlov turi
- Milliy LegalTech xakaton
- Buyurtmachi / hamkor
- Adliya vazirligi · LexLab
- Arizalar muddati
- 23-avgust 2026-yil gacha
- Tadbir
- 2026-yil 27-avgust · Toshkent shahri
- Format
- Bir kunlik demo-xakaton · Demo Day bilan
- Mukofot
- G'olib jamoalarga mukofotlar va MVP dasturiga yo'llanma
- Talablar
- 2–4 kishilik jamoalar · huquqshunos, dasturchi, dizayner, AI mutaxassisi, mahsulot menejeri
- Ariza platformasi
- GovChallenge
O'z muammoingiz bormi?
Uni LexLab'ga taqdim eting — kelgusi tanlov aynan sizning muammoingiz asosida bo'lishi mumkin.
Muammoni taklif qilish