L
LexLab
Arizalar 23-avgust 23:59 gacha · GovChallenge orqali

LexLab LegalTech
Hackathon 2026

«Murojaat navigatori» — fuqarolarning murojaatlarini vakolatli davlat organiga to'g'ri yo'naltiruvchi raqamli yordamchi yarating.

📅 27-avgust 2026📍 Toshkent shahri👥 2–4 kishilik jamoalar⚡ Bir kunlik demo-xakaton
🧩

Muammo

Fuqarolar davlat organlariga murojaat yuborishda qaysi davlat organi vakolatli ekanini, qanday hujjatlar ilova qilinishi, murojaat qancha muddatda ko'rib chiqilishi va masala qaysi qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinishini har doim ham aniq bilmaydi.

Natijada murojaatlar vakolatsiz tashkilotlarga yuboriladi, qayta yo'naltiriladi, ortiqcha vaqt va ma'muriy resurs sarflanadi hamda masalani hal etish muddati uzayadi.

🎯 Vazifa: murojaat matnini tahlil qilib, fuqaroni to'g'ri manzilga yo'naltiruvchi prototip yoki MVP yaratish.

Yechim imkoniyatlari

  • 🧠 Murojaat mazmunini tahlil qilish
  • 🏷 Murojaat mavzusi va toifasini aniqlash
  • 🏛 Vakolatli davlat organini tavsiya qilish
  • 📄 Zarur hujjatlar ro'yxatini ko'rsatish
  • Ko'rib chiqish muddati va huquqiy asosni ko'rsatish
  • 💬 Sodda tilda tushuntirish berish
  • ⚠️ Aniqlik past bo'lsa ogohlantirish chiqarish
  • 🔐 Shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish
Baholash

Baholash mezonlari

Huquqiy aniqlik25%
Foydalanuvchi uchun amaliy qiymat20%
Texnik amalga oshirish imkoniyati20%
Axborot xavfsizligi va ma'lumotlar himoyasi20%
Masshtablashtirish va taqdimot15%
Taqvim

Xakaton bosqichlari

13-avgust
Xakatonni e'lon qilish
2
13–23-avgust
Arizalarni qabul qilish
3
24-avgust
Jamoalarni saralash
4
25-avgust
Ishtirokchilar uchun onlayn brifing
5
27-avgust
Xakaton va Demo Day
6
28-avgust
Natijalarni e'lon qilish
Jamoa

Jamoangizga kimlar kerak?

Jamoada huquqshunos yoki huquq masalalari bo'yicha maslahatchi ishtiroki tavsiya etiladi.

⚖️
Huquqshunos
💻
Dasturchi
🎨
UI/UX dizayner
🤖
AI mutaxassisi
📊
Mahsulot menejeri

Topshiriladigan natijalar

Ishlaydigan prototip yoki MVP
3 daqiqalik mahsulot namoyishi
Yechim arxitekturasi tavsifi
Ma'lumotlar va normativ manbalar ro'yxati
Shaxsga doir ma'lumotlar va AI xavflari izohi
Keyingi rivojlantirish rejasi

⚠️ Arizalar LexLab saytida emas, GovChallenge platformasida qabul qilinadi